01/08/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 674,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Mazkur ishlab chiqarish hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,6 % ga oshgan.

2024-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 105,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.