Joriy yilning 30- iyul kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining 2024- yil II chorak yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarma va hududiy statistika bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Asosiy maqsad, 2024- yil II chorak davomida erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisobi, bundan tashqari, kelgusida ustuvor rejalar amaliga ijobiy ta’sir etgan holda tizim rivojini ta’minlaydigan takliflarni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.
Kun tartibiga binoan, boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov Kengash yig‘ilishini ochib berib, Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha ijro holati, boshqarma oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2024- yil II chorakada amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilishda erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, chora-tadbirlar natijalari muhokama etilib, sarhisob qilindi.
Kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi yakunida boshqarma boshlig‘i tomonidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limi rahbarlaridan yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan o‘zlariga tegishli hulosa chiqarib olishlarini, kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rishlarini, Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha ijro holati, hisobotlar qamrovi hamda kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.