Joriy yilning 27- iyul kuni, boshqarma Kasaba uyushmasi tomonidan tizim xodimlari uchun Jizzax viloyati Zomin tumani dam olish sihatgohiga ma’naviy va madaniy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida tizim xodimlari uchun Zomin tumani hududidagi tog‘larga sayr uyushtirilib, go‘zal manzara, tabiat qo‘ynida dam olib, esdalik uchun suratlarga tushdilar.
Tog‘li hududga uyushtirilgan bir kunlik ushbu sayohat boshqarma tizim xodimlari uchun maroqli xordiq va esda qolarli ko‘ngil ochar kun bo‘ldi.