26/07/2024

Joriy yilning 26- iyul kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-son qarori mazmuni va mohiyati toʻgʻrisida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunning 5- bobi yaʼni statistika ma’lumotlari, ulardan foydalanish tartibi va maxfiylikni ta’minlash borasida soʻz yuritildi. Shuningdek, Prezident hujjatiga asosan davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash va ularni ilgʻor xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilishi toʻgʻrisida alohida toʻxtalib oʻtildi.