26/07/2024

2024- yilning 1- iyul holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 12 129 tani tashkil etib, 81,7 foizini (9912 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 2 778 ta

Sirdaryo tumani – 1 507 ta

Mirzaobod tumani – 1 046 ta

Boyovut tumani – 835 ta

Guliston tumani – 954 ta

Sayxunobod tumani – 915 ta

Sardoba tumani – 991 ta

Yangiyer shahri – 874 ta

Oqoltin tumani – 835 ta

Xovos tumani – 786 ta

Shirin shahri – 307 ta