Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 111 619,1 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 19,4 % ga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi oʻtgan tegishli davrda:
2022-yilning yanvar-iyunida 61 803,3 mlrd soʻm;
2023-yilning yanvar-iyunida 85 968,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.