Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 567 364,3 mlrd so‘mga yetdi.
YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 283 288,3 mlrd so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida 260 182,6 mlrd so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi.
Mahsulotlarga sof soliqlar esa 23 893,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.