26/07/2024

YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,6 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi –30,3 %), sanoatda – 106,8 % (32,7 %), qurilishda – 103,2 % (6,7%), xizmatlar sohasida – 105,8 % ni (30,3 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 109,5 % (4,7 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 116,8 % (3,5%), boshqa xizmat tarmoqlarida 103,4 % (22,1 %) dan iborat bo‘ldi.