Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-iyun oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 9,3 % ni yoki 159,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 121,9 % ga yetdi. Shundan, 98,4 mlrd. so‘mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to‘g‘ri kelib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 147,1 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 1,2 mlrd. so‘mni va 15,7 %, yakka tartibdagi turar-joylarni ta’mirlash ishlari 59,5 mlrd. so‘mni va 105,5 % ni tashkil etdi.