Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 98,0 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2,0 % ini tashkil etdi.
Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 30,3 % ni, sanoat tarmog‘i 32,7 % ni, qurilish 6,7 % ni va xizmatlar sohasi 30,3 % ni tashkil qildi.