23/07/2024

      Joriy yilning 22- iyul kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U. Elmuratov boshchiligida “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi boshlig‘i B. Umarqulov tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

     Seminar davomida 2024- yil 3- chorak kuzatuvlarini samarali tashkil etish boʻyicha shahar va tuman statistika boʻlimi boshliqlari va maʼsul xodimlariga kuzatuv soʻrovnomalarini chuqur tahlil qilgan holda toʻgʻri va xatosiz toʻldirilishini taʼminlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.