Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston hududida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi shifokorlarning umumiy soni 105,7 ming nafarni tashkil etmoqda.
2019-yilga nisbatan ularning soni 13,8 ming nafarga koʻpaygan.
Yillar kesimida barcha mutaxassislikdagi shifokorlarning umumiy soni:
2019-yil – 91,9 ming nafar;
2020-yil – 93,3 ming nafar;
2021-yil – 95,6 ming nafar;
2022-yil – 100,5 ming nafar;
2023-yil – 105,7 ming nafarni tashkil etgan.