23/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 164 567,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda 3,7 % ga oshgan.

Shundan eng koʻpi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaligi hissasiga toʻgʻri kelib, 121 469,9 mlrd. soʻmni, kichik korxona va mikrofirmalar esa 43 097,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.