22/07/2024

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 10 890,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-iyun oylari  bilan taqqoslaganda 5,1 % ga o‘sdi.

YAHM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-iyun oylari narxlariga nisbatan 113,7 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Sirdaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 1,9 % ga yetdi.