19/07/2024

Joriy yilning 19- iyul kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma boshligʻi U. Elmuratov raisligida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma va tuman (shahar) statistika boʻlimi xodimlariga iyul oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida soʻzlab berildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2024- yil 2- iyuldagi OʻRQ-934-son va 935-son, 17- iyuldagi OʻRQ-936-son Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining 2024- yil 16- iyuldagi 426-son qarori mazmuniga alohida toʻxtab oʻtildi.