18/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 2 730,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 701,9 ming nafarga yoki 34,6 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Qirgʻiz Respublikasi – 1 251,5 ming nafar;

Tojikiston – 560,6 ming nafar;

Qozogʻiston – 420 ming nafar;

Rossiya – 122 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 104,6 ming nafar;

Turkiya – 91,8 ming nafar;

BAA – 62,6 ming nafar;

Misr – 17,6 ming nafar;

Quvayt – 16,7 ming nafar;

Janubiy Koreya – 10 ming nafar;

boshqa davlatlar – 73,1 ming nafar.