18/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, qurilish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 6,8 % ga oʻsdi.

Qurilish tarmogʻi yalpi ichki mahsulot (YAIM) oʻsishiga 0,4 f.p. hissa qoʻshdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida esa bu koʻrsatkich 0,3 f.p. ni tashkil qilgan.