15/07/2024

2024- yilning yanvar-may oylarida Sirdaryo viloyatida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (motorli transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari) 239,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 65,8 % ga oshdi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi 221,9 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati – 59,4 %), xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 5,7 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati – 7,5 %) ni tashkil qildi.