Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 6,2 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.
Mazkur ishlab chiqarish hajmi 2023-yilning tegishli davriga nisbatan solishtirilganda 35,6 % ga oshgan.
2024-yilning may oyida yirik korxonalar tomonidan 1,7 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.