10/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida 2 171,7 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yosh boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

0-18 yosh — 314,8 ming nafar;

19-30 yosh — 371,1 ming nafar;

31-55 yosh — 1 057 ming nafar;

56 yosh va undan kattalar — 428,8 ming nafar.