10/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami bajarilgan qurilish ishlari hajmida fuqarolik obyektlarini qurish boʻyicha qurilish ishlari ulushi 21,2 % ni tashkil etdi.

Ushbu davrda fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi boʻyicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 66,1 % i), Sirdaryo viloyati (39,4 %) va Xorazm viloyati (32,6%)da kuzatildi.