05/07/2024

Joriy yilning 5- iyul kuni viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida  “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha Prezident vakolatlari” mavzusida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti” deb nomlanuvchi XIX bobi 105-113-moddalari mazmuniga toʻxtalib oʻtildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.