05/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 7,0 % ni yoki 7,6 trln soʻmni tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 99,5 trln soʻm yoki jami investitsiyalarning 93,0 % investitsiyalari oʻzlashtirildi, 2023-yilning mos davriga nisbatan 3,5 % punktga koʻpaydi.