04/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Hindiston — 2 241 nafar;

Turkmaniston — 1 937 nafar;

Tojikiston — 950 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 450 nafar;

Pokiston — 273 nafar;

Janubiy Koreya — 266 nafar;

Xitoy — 266 nafar;

Afgʻoniston  — 147 nafar;

AQSH — 132 nafar;

Qozogʻiston — 122 nafar;

Boshqa davlatlar — 618 nafar.