Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2019–2024-yillarning yanvar-mart oylari davomida jami 146,6 mingta kichik korxona va mikrofirma yangi tashkil etildi.
Sohalar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni:
savdo sohasida – 56,0 mingta (38,2 %);
xizmatlar sohasida – 34,1 mingta (23,3 %);
sanoat sohasida – 28,3 mingta (19,2 %);
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 18,1 mingta (yoki 12,4 %);
qurilish sohasida – 10,1 mingtani (6,9 %) tashkil etgan.