Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 6,5 trln soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-may oyiga nisbatan 2,5 % ga koʻpaydi.
Shuningdek, yakka tartibdagi turar-joylar qurilish boʻyicha bajarilgan ishlar hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 11,1 % ni tashkil etdi.