02/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida 8,3 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Janubiy Koreyaga ketgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 ming nafarga yoki 64,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Janubiy Koreyaga turistik maqsadlarda ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

sayyohlik – 5 679 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 1 505 nafar;

oʻqish – 900 nafar;

xizmat yuzasidan – 191 nafar;

davolanish – 14 nafar.