02/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-iyun holatiga jami 294 950 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

savdo sohasida – 109 424 ta

sanoat sohasida – 42 885 ta

qurilish sohasida – 26 809 ta

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 25 445 ta

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 15 457 ta

tashish va saqlash sohasida – 15 160 ta

axborot va aloqa sohasida – 8 519 ta

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 6 716 ta

boshqa sohalarda – 44 535 ta