29/06/2024

Joriy yilning 28- iyun kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida, boshqarma hamda barcha tuman (shahar)lar statistika bo‘limlarida statistika faoliyatini tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev raisligida Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga binoan, Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Z. Ziyayev Hay’at yigʻilishini ochib berib, boshqarma va hududiy statistika boʻlimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda tizimda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar samaradorligi borasida va yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar borasida toʻxtalib oʻtdi.

Yig‘ilishda Statistika agentligi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i U. Madaminov Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi va tuman (shahar)lar bo‘limlarida statistika faoliyatini tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijasi bo‘yicha erishilgan yutuqlar va aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Z. Ziyayev tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlanmasligi va oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.