28/06/2024

Joriy yilning 28- iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma boshligʻi o‘rinbosari B. Maxkamov raisligida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma va tuman (shahar) statistika boʻlimi xodimlariga iyun oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida soʻzlab berildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2024- yil 30- maydagi OʻRQ-928-son, 5- iyundagi OʻRQ-929-son va OʻRQ-930-son, 20- iyundagi OʻRQ-933-son Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining 354- sonli qarori mazmunida alohida toʻxtab oʻtildi.