28/06/2024

2024- yilning 1- iyun holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 12 321 tani tashkil etib, 81,9 foizini (10 092 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 2 842 ta

Sirdaryo tumani – 1 543 ta

Mirzaobod tumani – 1 052 ta

Boyovut tumani – 1 162 ta

Guliston tumani – 968 ta

Sayxunobod tumani – 925 ta

Sardoba tumani – 994 ta

Yangiyer shahri – 885 ta

Oqoltin tumani – 828 ta

Xovos tumani – 802 ta

Shirin shahri – 320 ta