Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida jami 46,2 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,2 ming nafarga yoki 64,8 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Tojikiston — 34 976 nafar;
Qozogʻiston — 5 480 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 4 501 nafar;
Rossiya — 757 nafar;
Turkmaniston — 378 nafar;
Turkiya — 20 nafar;
Afgʻoniston — 15 nafar;
Ukraina — 7 nafar;
Ozarbayjon — 6 nafar;
Moldova — 5 nafar;
Boshqa davlatlar — 30 nafar.