27/06/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-may oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 9,6 % yoki 117,6 mlrd. so'mni tashkil etib, 2023- yilga nisbatan 107,8 % ga yetdi. Shundan, 81,9 mlrd. so'mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to'g'ri kelib, 2023- yilga nisbatan 118,3 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 0,5 mlrd. so'mni va 8,2 %, yakka tartibdagi turar-joylarni ta'mirlash ishlari 35,2 mlrd. so'mni va 103,1 % ni tashkil etdi.