Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida 15,1 ming nafar Janubiy Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 ming nafarga yoki 21,9 % ga oshgan.
2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Janubiy Koreya fuqarolari soni safar maqsadlari kesimida quyidagicha:
sayyohlik – 10 314 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 2 511 nafar;
xizmat yuzasidan – 1 786 nafar;
oʻqish – 266 nafar;
tijorat – 260 nafar.