Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2024-yilning 1- iyun holatiga, 399 199 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 151 942 ta;
sanoat sohasida – 63 073 ta;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 32 928 ta;
qurilish sohasida – 30 834 ta;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 916 ta;
tashish va saqlash sohasida – 16 862 ta;
axborot va aloqa sohasida – 10 012 ta;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 513 ta;
boshqa sohalarda – 56 119 ta.