Joriy yilning 14- iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida 2017- yil 3- yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, 2024- yil 5- iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-210-sonli qarori mazmuni va mohiyati haqida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarmaning Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova ushbu Qonunlarning maqsadi, asosiy tushunchalar, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari, davlat organi xodimi va unga aloqador shaxslarning mazkur munosabatlarni tartibga solish chogʻidagi huquq va majburiyatlari va boshqalar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti yakunida yigʻilish ishtirokchilariga manfaatlar toʻqnashuvi haqida videorolik namoyish etildi. Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib oʻtdi.