Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 130 ming tonna ohaktosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.
2024-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 38,2 ming tonna ohaktosh ishlab chiqarildi.