19/06/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 9,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 17,8 % ga ko‘paydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 7,9 % ga yetdi.

Sanoat mahsulotlari importi asosan probka va daraxtdan tayyorlangan buyumlar (mebeldan tashqari)(4 783,9 ming. AQSh. dollari), metaldan tayyorlangan buyumlar (651,0 ming. AQSh. dollari), ruda boʻlmagan qazilmalardan tayyorlangan mahsulotlar (1 561,7 ming. AQSH. dollari), rangli metal (61,5 ming. AQSh. dollari) va boshqalardan tashkil topgan.