31/05/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 10 594 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 10 522 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahrida – 2 433 ta

Sirdaryo tumani – 1 334 ta

Mirzaobod tumani – 947 ta

Boyovut tumani – 939 ta

Guliston tumani – 819 ta

Sayxunobod tumani – 786 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 087 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 978 ta

sanoat sohasida – 1 339 ta

qurilish sohasida – 913 ta