31/05/2024

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – yeyiladigan qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilik (oziq-ovqat) mahsulotlarini, spirtsiz ichimliklarni, mineral suvlarni va boshqa idishdagi suvlarni o‘z ichiga oladi.

2024- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 31,6 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 8,4 % ga ko‘paydi va ishlab chiqarish hajmi 838,7 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.