Statitistika agentligining 2024- yil 13- maydagi 96- sonli buyrugʻini ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 15-25- may kunlari viloyat statistika boshqarmasi xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. 5 bosqichda tashkillashtirilgan ushbu koʻrik tanlovda komissiya aʼzolari ishtirokchilarni bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Gʻoliblar aniqlanib, boshqarma rahbariyati tomonidan sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
1-oʻrin: Xizmatlar sohasi boʻlimi boshligʻi A. Qurbonov
2-oʻrin: Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi boshligʻi K. Yusupov
3-oʻrin: Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlimi boshligʻi B. Umarqulov