2023- yil 1- oktabr holatiga Sirdaryo viloyatida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi 285,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,4 % ga ko‘paydi. Shuningdek, kichik biznes korxonalari savdo hajmi 276,7 mlrd. so‘m, xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 9,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi.