Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 816,7 ming dona akkumulyator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 35,8 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning sentabr oyida yirik korxonalar tomonidan 90,9 ming dona akkumulyator ishlab chiqarildi.