Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-sentabr oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 160,8 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 63,2 % ni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining eng ko‘p ulushi Shirin shahrida – 100,0 %, Sardoba tumanida – 99,0 %, Yangiyer shahrida – 97,4 %, Oqoltin – 95,9 %, Xovos – 80,9 %, Sayxunobod – 65,3 %, Boyovut – 64,7 % va Sirdaryo tumanlarida – 36,0 % ni tashkil etdi.