02/11/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 9 836,9 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 96,9 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Sayxunobod (1 511,6 mlrd. so‘m), Boyovut (1 484,8 mlrd. so‘m), Sirdaryo (1 316,8 mlrd. so‘m), Oqoltin (1 113,1 mlrd. so‘m), Xovos (1 107,4 mlrd. so‘m) hamda Guliston (1 099,1 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.