Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 145 139,3 mlrd. soʻmni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 51,4 % ni tashkil qildi.