01/11/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- oktabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 212,5 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,0 kishiga ortgan (2022- yil 1-oktabr holatiga 1 kv. km. ga 208,5 kishi to‘g‘ri kelgan).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahrida 2711,7 kishi, Yangiyer shahrida 1594,6 kishi, Shirin shahrida 1452,7 kishi, Boyovut tumanida 264,4 kishi, Sirdaryo tumanida 248,7 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Oqoltin tumanida 100,9 kishi, Mirzaobod tumanida 126,1 kishini tashkil etgan.