2023-yilning 1-oktabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 546 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 13,4 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 514 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Guliston shahri – 329 ta
Sirdaryo tumani – 229 ta
Mirzaobod tumani – 154 ta
Boyovut tumani – 152 ta
Yangiyer shahri – 151 ta
Sayxunobod tumani – 140 ta
Guliston tumani – 110 ta
Xovos tumani – 98 ta
Sardoba tumani – 75 ta
Oqoltin tumani – 60 ta
Shirin shahri – 48 ta