Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 7 234,3 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 79,0 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi Boyovut tumani (5 061,8 mlrd. so‘m), Sirdaryo tumani (768,3 mlrd. so‘m), Guliston shahri (357,8 mlrd. so‘m), Yangiyer shahri (348,3 mlrd. so‘m), Mirzaobod tumani (305,0 mlrd. so‘m), Shirin shahri (105,1 mlrd. so‘m) hamda Sayxunobod tumanida (90,1 mlrd. so‘m) qayd etildi.