Joriy yilning 27- oktabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida tuman va shahar statistika boʻlimlarining ijro bo‘yicha mas’ul xodimlariga “UNIKOM soft” MCHJ xodimi T.Oripov tomonidan edo.ijro.uz dasturi boʻyicha o‘quv seminari oʻtkazildi.
O‘quv seminarida xodimlarga dasturga kelgan xujjatlarni kirim qilish, ijro holatlarini nazorat qilish, ichki va chiquvchi xujjatlarni yaratish boʻyicha koʻnikmalar berildi.